13 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.12.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 13-15 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

13-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10o pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8o sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5o iliqgacha, shimolda kechalari 7-12o sovuqgacha, ba’zi joylarda 14-16o sovuqgacha, kunduz kunlari 3o sovuq 2o iliqgacha pasayadi.

 

13 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9o iliq, shimolda 2o sovuq-3o iliq boʼladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9o iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik, kuchli bolishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5o iliq boʼladi.