O‘zgidrometning Aviatsiyani meteorologik ta’minoti boshqarmasida va aviameteostansiyalarida ISO 9001: 2015 Xalqaro standartga muvofiq birinchi kuzatuv auditi
06.12.2021
O‘zgidrometning Aviatsiyani meteorologik ta’minoti boshqarmasida va aviameteostansiyalarida 2011 yildan buyon sifat menejmenti tizimi (ISO 9001) Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tashkiloti (ICAO) va Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti (BMT) talablariga muvofiq joriy etilib, muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlanmoqda va takomillashtirilmoqda. 2020 yilda 11ta Aviatsiya meteorologiya bo‘limlari yangi ISO 9001: 2015 standarti talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi SMT sertifikatlarini oldilar.
O‘zgidrometning Aviatsiyani meteorologik ta’minoti boshqarmasida va aviameteostansiyalarida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq 2021 yil 1-2 dekabr kunlari “CERT Management” kompaniyasi tomonidan sifatni doimiy oshirishga qaratilgan jarayonlarning borishini tahlil qilish maqsadida birinchi kuzatuv auditi o‘tkazildi.
Audit Germaniyaning TÜV International Certification (TIC) sertifikatlash kompaniyasining “TÜV Thüringen e.V” sertifikatlashtirish organi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshirildi.
TÜV International Certification (TIC) sertifikatlari xalqaro bozorda yuqori ishonchga ega. Ularga dunyoning 98 mamlakatidagi 10 mingga yaqin korxonalari, shu jumladan Sony Technical Service Group, Siemens, Scoda Gruppe, Los-Angeles Airport va boshqa tashkilot va kompaniyalari bor.
Birinchi kuzatuv auditi Aviatsiyani meteorologik ta’minoti boshqarmasi va aviameteostansiyalarining kuchli tomonlarini, jumladan yuqori boshqaruv, aviatsiyaga meteorologiya xizmati, aviameteostansiyalar rahbarlarining Sifat menejmenti tizimi (SMT) faoliyatini ish tartibida saqlash bo‘yicha mas’uliyati, xodimlarning malakasi, iste’molchilar bilan o‘zaro yaqin aloqasi, me’yoriy hujjatlarni tegishli holatda saqlash va hokazolarni ta’kidlab o‘tdi. Natijada mavjud sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash tavsiya etildi.
Birinchi kuzatuv auditi natijasiga muvofiq Aviatsiyani meteorologik ta’minoti boshqarmasi va aviameteostansiyalarni joyida baholash rahbarlar va xodimlar bilan suhbatlashish, hujjatlarni ko‘rib chiqish va namuna olish tartibiga muvofiq jarayonlarni kuzatish orqali olingan.