O‘zgidromet Bosh direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari

O‘zgidromet Bosh direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari

20.05.2021

O‘zgidromet rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi gidrometeorologiyasi stansiyalari va postlaridagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan hamda Nukus aeroporti Fuqaro aviameteorologik stansiya ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish maqsadida 2021 yil 19-20 may kunlari Gidrometeorologiya xizmati Markazi Bosh direktori Sherzod Xabibullaev O‘zgidromet boshqarmalari rahbarlari hamrohligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. 

Qoraqalpog‘istonda 10 dona avtomatlashtirilgan stansiya mavjud, ular 3 yil oldin o‘rnatilgan. Avtomatlashtirilgan stansiyalarning ishga yaroqliligi joyida o‘rganib chiqildi.

Mazkur stansiyalarning ijobiy natijalarini hisobga olgan holda kelajakda avtomatlashtirilgan stansiyalarni sotib olish rejalashtirilmoqda.

Xizmat safari davomida Chimboy va Taxtako‘pirda 2ta yangi bino va meteostansiyalari ishga tushirildi.