1 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
01.12.2021
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 1-2 dekabrda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda.
1-2 dekabr kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida respublika bo‘yicha shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron xamda chang g‘uborlari ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin.
1 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron xamda chang g‘uborlari ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22o iliq boʼladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21o iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 10-15o iliq boʼladi.