O‘zgidromet G-1 Angren gidrometeorologiya stansiyasiga press-tur
26.11.2021
26-noyabr kuni O‘zgidromet OAV vakillari ishtirokida Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli G-1 Angren gidrometeorologiya stansiyasiga press-tur tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi 4896-PQ va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil noyardagi 970 sonli qaroriga asosan, Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli G-1 Angren gidrometeorologiya stansiyasi hududida yangi zamonaviy bino qurilish ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmat markazi Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli G-1 Angren gidrometeorologiya stansiyasi 1971 yil ochilgan bo‘lib hozirgi kunga qadar uzluksiz hozirgi vaqtda bo‘lib o‘tayotgan meteorologiya, gidrologiya, agrometeorologiya va havo, hamda suv ifloslanish kuzatuv ishlarini olib boradi. Hozirgi kunda ushbu stansiyada 33 xodim ish olib boradi. Ushbu stansiyada 10 ta gidropostlar va 3 atmosfera havosi, hamda suv ifloslanish kuzatuv postlari mavjud.
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2018 yil 29 noyabrdagi 970-sonli qarorga asosan avtomatik meteorologik stansiyasi o‘rnatilib hozirgi kunda ushbu uskuna bo‘yicha kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17-noyabrdagi PQ–4896-son qarori bilan tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida, xalqaro loyihalarning grant mablag‘lari doirasida 50 dona avtomatik meteostansiyalar xarid qilinib, hududlarga o‘rnatildi. Xususan Toshkent viloyatiga 14 dona avtomatik meteostansiyalar o‘rnatildi.
Ushbu avtomatik meteostansiyalar bir qancha parametrlar bo‘yicha ya’ni havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol yo‘nalishi va tezligi, quyosh radiatsiyasi, yog‘ingarchiliklar miqdori kabi yo‘nalishlarda kuzatish ishlarini avtomatik tarzda olib boradi hamda avtomatik meteostansiyalar ma’lumotlari har 10 daqiqa oralig‘ida O‘zgidromet serveriga kelib tushadi.
Bu o‘z navbatida Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlashda, turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlarining ishonchlilik darajasini sutkalik 92% dan 95% ga oshiradi.