"Fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish" mavzusidagi seminar-trening
26.11.2021
O‘zgidromet mutaxassisi Gulnoza Hamdamova 2021-yil 22-24-noyabr kunlari Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan “O‘zbekiston milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” grant loyihasi doirasida Koreyaning LX korporatsiyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi. Seminarda quyidagi masalalar o‘rganildi: 1) Koreya Respublikasining Milliy geografik axborot tizimi (NGIS) va milliy fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi (NSDI) bo'yicha siyosati; 2) Fazoviy axborotni standartlashtirish; 3) INSPIRE standartlari tizimi; 4) UML va ma'lumotlarni modellashtirish; 5) Standartlar portali bilan tanishish. Seminarda Kadastr agentligi, davlat kadastrini yurituvchi va fazoviy ma’lumotlar bilan ishlovchi vazirlik va idoralarning 40 dan ortiq mutaxassislari ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.