TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma - bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
8 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 7 dekabr soat 20 dan 8 dekabr soat 20 gacha
8 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 7 dekabr soat 20 dan 8 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3-5o iliq, kunduzi 6-8o iliq boʻladi.
2023-yil 10-12 dekabr kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m.
7 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 8-13° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.
7 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 6 dekabr soat 20 dan 7 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6o iliq, kunduzi 11-13o iliq boʻladi.