Shahardagi havo sifati tabiiy va antropogen omillarning murakkab o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Relef, qurilish arxitekturasi va iqlim parametrlari (havo harorati, shamol tezligi, yog‘ingarchilik, yer usti va baland inversiyalar, atmosferadagi turg‘un vaziyatlar) shaharlarda havo sifatini shakllantirishning muhim shartlari hisoblanadi.
Ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, kecha O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi.