SHARM-EL-SHEYXDA DAVOM ETAYOTGAN IQLIM O‘ZGARISHI SAMMITI

SHARM-EL-SHEYXDA DAVOM ETAYOTGAN IQLIM O‘ZGARISHI SAMMITI

15.11.2022

SHARM-EL-SHEYXDA DAVOM ETAYOTGAN IQLIM O‘ZGARISHI  SAMMITI

Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit COP 27 o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori Sh.Khabibullayev va mutasaddi xodimlar ishtirok etishmoqda.

6-18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya ishida 100 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, 197 mamlakatdan 60 mingga yaqin nufuzli shaxslar, olimlar, faollar qatnashishmoqda.

 

O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Khabibullayev COP 27 sammiti doirasida iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha beshinchi oliy darajadagi vazirlar muloqotida ishtirok etmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Iqlimni moliyalashtirish seksiyasi 2 yilda bir martda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bo‘lib iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun moliyaviy masalalar ko‘rib chiqiladi.

фото