21-22 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
Havo harorati 10-13° ga, 21 oktyabrda kunduz kuni 8-13° iliqgacha, 22 oktyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliqgacha pasayishi kutilmoqda.
21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Date