30 DEKABRDAN-2 YANVARGACHA OB-HAVO PROGNOZI
28.12.2025
30 DEKABRDAN-2 YANVARGACHA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
31 dekabrda-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
30 dekabrda 5-10° iliq; 31 dekabrda-2 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 31 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq 1-2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 30 dekabrda 5-10° iliq; 31 dekabrda-2 yanvarda
3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 31 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 1 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 dekabrda-1 yasnvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 dekabrda va 2 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 31 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 31 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 1 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 1-2 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.