21 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.12.2025
MUHIM HODISALAR
21-22 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
21 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5°iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz qor yog’adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.