16-19 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
14.12.2025
16-19 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 17-19 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-17 dekabrda 3-8° sovuq, 18-19 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 16 dekabrda 0-5° iliq, 17-19 dekabrda 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-17 dekabrda 3-8° sovuq, 18-19 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 16 dekabrda 0-5° iliq, 17-19 dekabrda 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 18-19 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 18 dekabrda 2-7° iliq, 19 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 18-19 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 18 dekabrda 2-7° iliq, 19 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi; viloyat shimolida kechasi 16-17 dekabrda 3-8° sovuq, 18-19 dekabrda 5-10° sovuq; kunduzi 16 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi; 17-19 dekabrda 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi 17-18 dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 18 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 19 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi 17-18 dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 18 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 17 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 18 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq,
19 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17-18 dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 18 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 18 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 19 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 16 dekabrda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 19 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.