15 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 14 dekabr soat 20 dan 15 dekabr soat 20 gacha
14.12.2025
MUHIM HODISALAR
14-16 dekabrda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
15 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 14 dekabr soat 20 dan 15 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.
Kunduzi yog’ingarchilik kutilmydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.