12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.12.2025

12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, faqat 14 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-14 dekabrda 3-8° iliq, 15 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda yomg‘ir yog‘adi. 13 va 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 2-7° iliq, 13-15 dekabrda 0-5° iliq, kunduzi 12-13 dekabrda 10-15° iliq bo‘ladi, 14-15 dekabrda 5-10° iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5° sovuq, faqat 14 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-14 dekabrda 3-8° iliq, 15 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 4-9° iliq, 13-15 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 12 dekabrda 11-16° iliq bo‘ladi, 13-15 dekabrda asta-sekin 5-10° iliqqacha pasayadi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 4-9° iliq, 13-15 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 12 dekabrda 14-19° iliq, 13 dekabrda 11-16° iliq, 14-15 dekabrda 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 12 dekabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-13 dekabrda 8-13° iliq, 14-15 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 12 va 14 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.