10 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.12.2025

MUHIM HODISALAR

 

10-12 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining togli hududlarida qor kochishi xavfi bor.

 

10 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyati va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdayo, Andijon, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol garbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadiHarorat 0-5° sovuq bo‘ladi.