11-14 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
09.12.2025
11-14 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 13-14 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim jorylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 12-13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim jorylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11 dekabrda 2° sovuq- 3° iliq, 12 dekabrda 2-7° iliq, 13-14 dekabrda 0-5° iliq,kunduzi 11-13 dekabrda 10-15° iliq; 14 dekabrda 7-12° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 11 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 12-13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 12-14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq; 12 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 13 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq; 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 12-14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliqbo‘ladi.







