9 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.12.2025
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi.
9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 9-10dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari
2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
9 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
9 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5 iliq° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin.Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4° sovuq-1° iliq bo‘ladi.







