9 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha

9 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha

08.12.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
8-9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
8-9 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. 
9 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi, tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, 
kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. 
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. 
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 
4° sovuq-1° iliq bo‘ladi.