3-6 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
01.12.2025
3-6 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, 5-6 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 3 dekabrda 5-10° iliq, 4-6 dekabrda 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 dekabrda kechasi 0-5° iliq, 5-6 dekabrda 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 3 dekabrda 10-15° iliq, 4-5 dekabrda 6-11° iliq, 6 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-6 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 4 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 6-11° iliq, 6 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-5 dekabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 3 va 6 dekabrda bazi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 3 dekabrda 13-18° iliq, 4-6 dekabrda kechasi 10-15° iliq, 5 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 4-5 dekabrda 0-5° iliq, 6 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-4 dekabrda 8-13° iliq, 5-6 dekabrda 6-11° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-6 dekabrda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 5-6 dekabrda 1-6° sovuq, kunduzi 3 dekabrda 5-10° iliq, 4 dekabrda 3-8° iliq, 5-6 dekabrda 0-5° bo‘ladi.







