3-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
01.11.2025
3-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 noyabrda Qoraqalpog’iston respublikasida
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 noyabrda 0-5° iliq, 4-6 noyabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3 noyabrda 7-12° iliq,
4-6 noyabrda 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
3 noyabrda 4-9° iliq, 4-6 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 3 noyabrda 13-18° iliq bo‘ladi,
4-5 noyabrda 8-13° iliq, 6 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon 3 noyabrda va 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
5-6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi, 4-6 noyabrda kechasi
2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon 3 noyabrda va 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
5-6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi, 4-6 noyabrda kechasi 0-5° iliq gacha pasayadi, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi
6-11° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 0-5° iliq gacha pasayadi, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi.
5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq gacha, kunduzi 8-13° iliq gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-5 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-12° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 3-8° sovuq gacha, kunduzi 3°sovuq-2° iliqgacha pasayadi.