28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 27 oktabr soat 20 dan 28 oktabr soat 20 gacha

28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 27 oktabr soat 20 dan 28 oktabr soat 20 gacha

27.10.2025

28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 27 oktabr soat 20 dan 28 oktabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 21-23° bo‘ladi. 
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° bo‘ladi. 
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, 
g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, 
g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.