3 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.10.2025
3 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-14° bo‘ladi.