28 SENTABR-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
26.09.2025
28 SENTABR-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28-29 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
30 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktbrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 29 sentabr-1 oktabrda kechasi 6-11° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 29 sentabr-1 oktabrda kechasi 6-11° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat kechasi 28-30 sentabrda 12-17°, 1 oktabrda 8-13°, kunduzi 28-29 sentabrda 27-32° bo‘ladi, 30 sentabr-1 oktabrda 20-25° gacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-29 sentabrda 26-31° bo‘ladi, 30 sentabr-1 oktabrda 20-25° gacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-30 sentabrda 28-33°, 1 oktabrda 26-31° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-30 sentabrda 25-30°, 1 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 28-29 sentabrda 20-25°, 30 sentabr-1 oktabrda 18-23° bo‘ladi.