22-25 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
20.09.2025
22-25 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 24 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-24 sentabrda 20-25°, 25 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentabrda 12-17° bo‘ladi, 23-25 sentabrda 10-15°, kunduzi 22 sentabrda 23-28°,
23-25 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24 sentabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentabrda 12-17°, 23-25 sentabrda 10-15°,
kunduzi 22-23 sentabrda 22-27°, 24-25 sentabrda 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentabrda 14-19°, 23-25 sentabrda 12-17°,
kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
23-25 sentabrdayog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 22-24 sentabrda 12-17°, 25 sentabrda 10-15°, kunduzi 22 sentabrda 25-30° bo‘ladi,
23-24 sentabrda 22-27°, 25 sentabrda 24-29° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23-25 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, asta-sekin 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 22-23 sentabrda 15-20°, 24-25 sentabrda 18-23° bo‘ladi.