15-18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.09.2025

15-18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 
16-18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-17 sentabrda 20-25°, 18 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 
16-18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15 sentabrda 12-17°, 16-18 sentabrda 10-15°, kunduzi 15 va 18 sentabrda 23-28°
16-17 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 
16 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Samarqand viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. 17-18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°;
16-18 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 sentabrda 12-17°, 18 sentabrda 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, FARGʻONA, NAMANGAN VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. 16-18 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi; 16-18 sentabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi; 16-18 sentabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi