13-16 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
11.08.2025
13-16 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 18-23°, 14-16 avgustda 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 19-24°, 16 avgustda 17-22°, kunduzi 13-14 avgustda 34-39°, 15-16 avgustda 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 16 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 21-26°, kunduzi 36-41°, 16 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-15 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 14-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 19-24°, 16 avgustda 17-22°, kunduzi 13 avgustda 34-39°, 14-15 avgustda 33-38°, 16 avgustda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-14 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 14-19°, 16 avgustda 12-17°, kunduzi 13-14 avgustda 25-30°, 15 avgustda 23-28°, 16 avgustda 21-26° bo‘ladi.