2025-YIL MAY OYIDA O‘ZBEKISTON AHOLISINI QANDAY OB-HAVO KUTMOQDA
29.04.2025
Bahor faslining oxirgi oyi may boshlanadi.
Iqlim xususiyatlariga ko‘ra (ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha qiymatlar) may oyi
aprel oyiga nisbatan 4-6° ga iliqroq bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi o‘rtacha harorat oyning birinchi yarmida 24-27° ni, ikkinchi yarmida esa 28-31° ni tashkil etadi.
Deyarli har yili may oyida harorat 34-37° gacha bo‘lgan yoz kabi issiq davrlar kuzatiladi.
Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyining mutlaq maksimumi
38-41o ni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45o ni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida va Navoiy viloyatining
cho‘l hududlarida may oyidagi harorat rekordlari nisbatan yaqinda 2020 va 2021 yillarda yangilandi.
Toshkentda may oyining eng yuqori harorati - 39,9o bo‘lib, u o‘tgan asrning boshlarida qayd etilgan.
May oyida haroratning o‘zgarib turishi mart va aprel oylaridagi kabi sezilarli darajada emas. Kunduzgi harorat 13-18o gacha pasayish davrlari har yili ham kuzatilmaydi,
odatda bunday holatlar qisqa davrda kuzatiladi.
O‘zbekistonda may oyiga global isish tendensiyasi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. May oyida o‘rtacha oylik havo harorati boshqa oylarga qaraganda tezroq ko‘tariladi.
So‘nggi o‘n yillikda deyarli barcha may oylari iliq bo‘ldi.
Nafaqat so‘nggi yillarda, balki O‘zbekistonda o‘tkazilgan meteorologik kuzatuvlarning barcha qatorlari uchun 2001 yil may oyi respublika hududining katta qismida
(me’yordan 3-4o ga yuqori), 2001 yil may oyi esa respublikaning shimoli-g‘arbiy qismida
va cho‘l hududlarda (me’yordan 3,5-5o ga yuqori) eng iliq bo‘ldi.
Ushbu asrda 2003 yil may oyi eng sovuq (me’yordan 2-3o ga past) bo‘lib, barcha kuzatuv yillari uchun 1934 yil may oyi me’yordan 2-3o ga past bo‘ldi.
1989 yil may oyining boshi o‘ziga xos bo‘ldi.
Shu yili aprel oyining oxirida respublikaning katta qismida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilib, 1-2 may kunlari esa havo harorati sovuq (1-2o sovuq) bo‘ldi.
Bu O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi qor yog‘ishi va sovuq tushishining eng kechki muddatidir. O‘sha yili respublikaning qishloq xo‘jaligi juda katta zarar ko‘rgan edi.
May oyida oylik yog‘ingarchilik me’yori mart va aprel oylariga nisbatan uchdan
bir qismga kam, yomg‘irli kunlar soni esa bu oylarga qaraganda 2-3 martaga kamdir.
Ammo bu statistik ma’lumotlarga ko‘radir. Haqiqatda esa may oyida yog‘ingarchilik
juda xilma-xil bo‘lishi kuzatiladi.

Masalan, Toshkentda 1998 yil may oyida 100 mm yog‘ingarchilik (me’yor 41 mm) kuzatilgan edi. 2002 yil may oyida esa (73 mm - me’yor177%) namlik kamroq bo‘lgan. Meteorologik kuzatuvlar tarixida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yorning 20% dan ko‘p bo‘lmagan juda quruq yillar ham kuzatilgan. So‘nggi yillarda 2019 yil may oyi (me’yordan 2%) va 2023 yil may oyi (me’yordan 20%) eng quruq bo‘lishi qayd eilgan edi.
May oyida yomg‘ir yog‘ishi ko‘pincha qisqa muddatli bo‘lib, deyarli har doim momaqaldiroq bilan birga kuzatiladi.
O‘zbekistonda may oyining yana bir o‘ziga xos xususiyati yog‘ingarchilik respublika hududi bo‘yicha juda xilma-xil taqsimlanishidir. Masalan, Toshkentda 1998 yil may oyi rekord darajada eng nam bo‘lgan, Buxoroda esa juda quruq bo‘lgan (oylik yog‘ingarchilik miqdori atigi 1 mm - me’yordan 8%).
O‘rtacha har 2-3 yilda 1 marta may oyida kuchli jala yomg‘ir kuzatilib, bunda bir kecha-kunduzda, aniqrog‘i bir necha soatda oylik yog‘ingarchilik me’yorining 50% va undan ko‘prog‘i yog‘adi.
Shunday qilib, Toshkentda bir kecha-kunduzda maksimal yog‘ingarchilik miqdori
50 mm ni (oylik me’yor41 mm) tashkil etadi. Bu holat ancha oldin, 1895 yil 28 maya
kuni kuzatilgan edi. Oxirgi 30 yil ichida Toshkentda eng kuchli may oyi jala yomg‘irlari
1994, 1999 va 2002 yillarda qayd etilgan. Bunda bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 30-35 mm ni tashkil etgan.
Meteorologik kuzatuv yilnomalarida shunday yillar bo‘lganki, bunda kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi butun oy davomida deyarli yagona bo‘lgan. Shunday qilib, 2014 yil may oyida Toshkentda bir oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 30 mm ni tashkil etgan,
bundan 29 mm 29 may kuniga to‘g‘ri kelgan.
Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ayrim yillarda may oyida juda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi (bir kecha-kunduzda yog‘ingarchilik miqdori 90-125 mm) qayd etilgan edi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yomg‘irlar sel kabi dahshatli tabiiy hodisalarni shakllanishiga sabab bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari haqida tezkor ogohlantirishlar berish O‘zgidrometning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday ogohlantirishlardan to‘g‘ri foydalanish moddiy zararni kamaytirishga va inson qurbonlarining oldini olishga yordam beradi.
Ushbu yilning may oyi qanday bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston hududi bo‘yicha may oyi birinchi o‘n kunligining katta qismida asosan juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduz kunlari havo 1-2 mayda 28-30o gacha isiydi, 3-7 mayda 34-37o gacha ko‘tariladi.
1-2may kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida 1-7 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Birinchi o‘n kunlikning oxirida harorat foni biroz pasayadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Keyinchalik, may oyining oxirigacha, harorat kechalari 17-22o dan 10-15o gacha, kunduz kunlari 32-37o dan 25-30o gacha o‘zgarib turadi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bir shahar doirasida ham may oyi yomg‘irlari bir hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va shaharning boshqa chekkasida esa u deyarli sezilmasligi mumkin.
2025 yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan 1-2o ga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.,