20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.04.2025

MUHIM HODISALAR
20-22 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashaqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-23° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarida yomg’ir yog’adi, baland tog’ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° bo’ladi.