19 APREL OB-HAVO PROGNOZI 18 aprel soat 20 dan 19 aprel soat 20 gacha

19 APREL OB-HAVO PROGNOZI 18 aprel soat 20 dan 19 aprel soat 20 gacha

18.04.2025

MUHIM HODISALAR

18 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

19 APREL OB-HAVO PROGNOZI 18 aprel soat 20 dan 19 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 15-17° bo‘ladi. 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 16-21° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 14-19° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° bo‘ladi.