17 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.04.2025

MUHIM HODISALAR

17-18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

17 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo’ladi

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo’ladi.