15 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.04.2025
MUHIM HODISALAR
15-18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
15 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respubliksi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, , yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° bo’ladi.