14 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.04.2025
MUHIM HODISALAR
14-18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
14 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° bo’ladi.