13 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
13.04.2025
MUHIM HODISALAR
13-18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
13 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27-29° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo’ladi.