13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2025

13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 va 15 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 aprelda 15-20°, 14-15 aprelda 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14 aprelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 aprelda 14-19°, 15 aprelda 12-17°, kunduzi 13 aprelda 27-32°, 14-15 aprelda 24-29° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14 aprelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 13 aprelda 31-36°, 14-15 aprelda 29-34° bo‘ladi. 

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 aprelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 13 aprelda 31-36°, 14-15 aprelda 29-34° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 13 aprelda 28-33°, 14-15 aprelda 24-29° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13 aprelda 17-22°, 14-15 aprelda 13-18° bo‘ladi.