9 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.04.2025
MUHIM HODISALAR
9 apreldaRespublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
9 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida, Qashqadaryo, Surxondryo, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo’ladi.