7 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.04.2025
MUHIM HODISALAR
7 aprelda Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7-8 aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
7 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 25-30° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, ertalab yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 15-20° bo’ladi.