21 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 20 yanvar soat 20 dan 21 yanvar soat 20 gacha

21 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 20 yanvar soat 20 dan 21 yanvar soat 20 gacha

20.01.2025

MUHIM HODISALAR

20-22 yanvar Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor

21 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 20 yanvar soat 20 dan 21 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Cho’l hududlarda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.