21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

19.01.2025

21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin, 
22-23 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 21 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, 
kunduzi 0-5° iliq, 22 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 23 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 
23 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 21 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq,
22 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 22 yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq,
23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kutilmaydi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 
23 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq,
22 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 23 yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun mumkun. Harorat 21 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 22 yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq,
23 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, tuman tushishi mumkin. 21-22 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 21 yanvar kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq,
22 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 23 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.