19-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
17.01.2025
19-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 21 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 19-20 yanvar kunduzi 3-8° iliq, 21 yanvarda kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 yanvar yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 3-8° iliq, 20 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 20 yanvarda 2° sovuqqacha, 19 va 21 yanvarda kunduzi 3-8° iliq, 20 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21 yanvar ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 5-10° iliq, 20 yanvarda 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 yanvar ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvar ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 19 yanvarda kunduzi 2-7° iliq, 20-21 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING OLDI VATOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 20 yanvar kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.