19 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
19 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasi, orazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7° iliq, ba’zi joylarda 10°gacha iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’adi, qorga aylanadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’di, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.