20-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
18.12.2024
20-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 21-22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21-22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 dekabrda ba’zi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 21-22 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21 dekabrda kechasi ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 21-22 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21-22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmayd. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 dekabrda ba’zi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 21-22 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21 dekabrda kechasi ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 21-22 dekabrdakechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 21-22 dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.