19-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
17.12.2024
19-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ba’zi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 20-21 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 20 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 21 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 20 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 21 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 dekabrda ba’zi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 19-20 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 21 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 19 dekabrda 5-10° iliq, 20-21 dekabrda 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 20 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 21 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 20 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 21 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.