15 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida
20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari
8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha,
kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
15 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qoraqalpog’iston respublikasida va Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin mumkin. Harorat ertalab 0-5° iliq, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi,
shimolda 2-7° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, qorga aylanadi. Kechga tomon yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat ertalab 1-3° iliq, kunduzi 1-3° sovuqqacha pasayadi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat ertalab 0-5° sovuq, kunduzi 8° sovuqqacha pasayadi.