30 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.11.2024

MUHIM HODISALAR
30 noyabr-1 dekabr kunlari respublika bo’yicha vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg’ir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati 1-2 dekabrda kechalari 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduz kunlari 3-8° iliqqacha, shimolda kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 2° sovuq 3° iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
30 noyabr-1 dekabrda  respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
30 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 0-5° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.