27-28 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27-28 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25.11.2024

27-28 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 noyabrda 0-5° iliq, 28-29 noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 10-15° iliq, 29 noyabrda 6-11° iliq bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 28 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 29 noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.  

TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-28 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 noyabrda 2-7° iliq, 28-29 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 15-20° iliq, 29 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.  

SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 noyabrda 2-7° iliq, 28-29 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 15-20° iliq, 29 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 27 noyabrda 17-22° iliq, 28 noyabrda 15-20° iliq, 29 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 27 noyabrda 10-15° iliq, 28-29 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.