O‘ZBEKISTON O‘YICHA 2024 YIL 15-17 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.11.2024
Hafta o‘rtasida kuzatilgan sovuqdan so‘ng, bugun va yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha havo asta-sekin iliqlashadi.
Bugun kunduzi havo harorati 8-11o iliq atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa termometr ustuni 14-17o iliqgacha ko‘tariladi.
Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0-5o iliqni, shimolda
ba’zi joylarda 1-2o sovuqgachani tashkil etadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab
ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab
ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat asosan kechlari 0-3o iliq, kunduz kunlari 15 noyabrda 8-11o iliq,
16 noyabrda 11-13o iliq, 17 noyabrda 14-16o iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
2024 yil 15 noyabr
O‘zgidromet