8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

06.11.2024

8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 8 noyabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, cho‘l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 8 noyabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8 noyabrda 5-10° iliq, 9-10 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 8 noyabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8 noyabrda 5-10° iliq, 9-10 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8 noyabrda 10-15° iliq, 9-10 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8 noyabrda 5-10° iliq, 9-10 noyabrda
7-12° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8-9 noyabrda 0-5° iliq, 10 noyabrda 2-7° iliq bo‘ladi.