7 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 6 noyabr soat 20 dan 7 noyabr soat 20 gacha

7 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 6 noyabr soat 20 dan 7 noyabr soat 20 gacha

06.11.2024

MUHIM HODISALAR

Ushbu yilning 6-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

7-8 noyabrda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

6 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tog’larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi.

6-7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari  yuzaga kelishi mumkin.

7 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 6 noyabr soat 20 dan 7 noyabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. 

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.