19-21 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
17.10.2024
19-21 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-21 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 19 oktabrda 22-27°, 20 oktabrda 18-23°, 21 oktabrda 12-17° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-20 oktabrda kechasi 7-12°; kunduzi 23-28°, 21 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28°, 21 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°, 20 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 21 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°, 20-21 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yoingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18°, 20-21 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.